<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Rabbim Samolarni (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 // Rabbim Samolarni toʻldirib kelar
 Qalbga ziyolarni toʻldirib kelar //
 Maqtov, olqishlarni aytishib ellar
 Rabbimni ulugʻlar Rabbimni kuylar
 Rabbimni ulugʻlar Rabbimni kuylar.

[V2]
 // Shodlikdan hayqirar
 Xasta yuraklar
 Amriga muntazir
 Ming-ming malaklar //
 Aytishib haqqiga
 Ezgu tilaklar
 Rabbimni ulugʻlar Rabbimni kuylar.

[V3]
 // Butun dunyo koʻrar, koʻrar xar bir koʻz
 Bu goʻzal manzara tarifga yoʻq soʻz //
 // Najotimiz shunda qilishib koʻz-koʻz
 Rabbimni ulugʻlar Rabbimni kuylar
 Rabbimni ulugʻlar Rabbimni kuylar //

[V4]
 Bular men, bular siz, bular bizlarmiz
 Rabbimni kutayotgan mushtoq koʻzlarmiz
 Birodar, yosh-qari, yigit qizlarmiz
 Rabbimni ulugʻlar, Rabbimni kuylar</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>